"Andijon" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2026, 18:38
"Andijon" matbuot xizmati darvozabon Eldor Adhamov bilan shartnomaning uzaytirilganligini ma'lum qildi.

"29 yoshli darvozabonimiz Eldor Adhamov 2020 yildan beri “Andijon” sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. 2021 yilni qo'qonliklar safida boshlagach, yarim yildan keyin yana jamoamizga qaytgan va shundan buyon “burgutlar” a'zosi bo'lib kelmoqda. 

Adhamov bilan amaldagi shartnoma uzaytirildi va u 2026 yilgi mavsumda ham jamoamiz sharafini himoya qilishda davom etadi.

Adhamov “Andijon” tarkibida shu paytgacha hammasi bo'lib 81 ta o'yin o'tkazdi va 21 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlagan. 

Ishonamizki, yangi mavsumda ham u jamoamizning g'alabalariga munosib hissasini qo'shadi", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати