"Andijon": chernogoriyalik futbolchilar yetib kelishdi

Alisher
13 yanv 2022, 16:24
Bunga qadar "Andijon" jamoaga ikki nafar chernogoriyalik futbolchilar kelishi haqida xabar bergan edi.

"Bizga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra bugunga anonsi berilgan, bosh murabbiy bilan uyushtiriladigan suhbat ertaga qoldirildi. Boshqa xabarlarga o'tadigan bo'lsak, chernogoliyalik ikkala legionerimiz Toshkentga tunda uchib kelishgani sababli, biroz charchoq alomati bilingan. Qolaversa, 4 soat vaqt mobaynida Toshkentdan Andijongacha bo'lgan masofani bosib o'tishgan. Bazaga kirib, joylashishib, darrov uyquga ketishgan. Tushlikni ham biroz kechroq qilishdi. Klub vice-prezidenti Jahongir Nuriddinov chernogoriyalik yangi futbolchilarimiz bilan uchrashib, birgalikda tushgan rasmlarini e'tiboringlarga havola qilmoqdamiz", - deyiladi klub xabarida.

Gap Bogdan Milich va Goran Miloykolar haqida ketmoqda.


"Andijon"ga uch nafar legioner kelmoqda, ulardan biri "Osasuna"da o'ynagan

 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати