Andijonga JCH-2003 ishtirokchisi qo'shildi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2018, 12:58
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan Andijon bugun nazorat-sinov uchrashuvini o'tkazadi.

Eldor Sakaev boshqaruvidagi burgutlar bugun tushlikdan Bunyodkor yoshlar jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Tarkibni tajribali o'yinchilar hisobiga kuchaytirish ishlari olib borilmoqda. Yaqinda andijonliklar lageriga mamlakatimizdagi taniqli futbolchilaridan biri - Islom Inomov kelib qo'shildi. O'tgan mavsum super liga vakili Olmaliqda o'ynagan futbolchi, 2009 yilgi mavsumda ham Andijon sharafini himoya qilgandi.

Bundan tashqari Inomov futbolchilik faoliyati davomida Paxtakor, Lokomotiv, Bunyodkor hamda Nasaf kabi jamoalarda xarakat qilib, bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Shuningdek tajribali futbolchi 2003 yili yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati qatnashchisi, turli yoshdagi terma jamoalar va Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi ham sanaladi.

Ayni damda Islom Inomov Andijon mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати