Anderson: MYU yuragimda qoladi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2014, 10:52
Fiorentinaga ko'chib o'tgan Anderson fialkalar safida o'ynashidan xursandligini ma'lum qildi.
Manchester Yunatyed menga bergan barchasi uchun rahmat. Bu klubda o'ynaganimdan xursandman.

MYU doim yuragimda qoladi. Biroq ko'proq maydonga tushishni istaganim uchun boshqa klubga o'tishga majbur bo'ldim.

Fiorentina menga ishongani uchun rahmat. Men jamoa g'alabalariga qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman, – deydi Anderson.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru