Anders Svensson: "Ibragimovichsiz Shvetsiya terma jamoasi yaxshi o'ynaydi"

Aslanov Jasurbek
9 sen 2014, 16:52
Shvetsiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Anders Svenssonning hisoblashicha, Zlatan Ibragimovichga bog'liqlik shved jamoasi uchun zararga ishlashi mumkin.

"Ko'pchilikning fikricha, Zlatansiz Shvetsiya terma jamoasi qiynalib qoladi. Men aksincha deb hisoblayman. Shvetsiyaga u siz yaxshi bo'ladi. U shved futbolining buyuk futbolchisi, ammo Ibragimovich boshqa futbolchilar uchun to'siqqa aylanib qolyapti. Futbolchilar maydonda doimo uni qidirishadi. Biz Zlatanga bog'lanib qolganmiz. Agar u yomon o'ynasa, hamma jabr ko'radi. Shu sababli, Ibragimovichsiz Shvetsiya terma jamoasi yaxshi o'ynaydi" - deydi Svensson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru