Anchelottining fikricha, "Bavariya" va "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuvda kuchlar teng

Aslanov Jasurbek
17 fev 2016, 11:09
"Bavariya"ning bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti myunxenliklarga qarshi "Yuventus"ning Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi uchrashuvi borasida fikr bildirdi.

"Bu ikki teng kuchli jamoalarning uchrashuvi. "Yuventus" ayni damda juda yaxshi xolatda, ular ketma-ket 15 uchrashuvda g'alaba qozonishdi. Ammo "Bavariya" bu "Bavariya". Jamoada yuqori darajali futbolchilar to'p tepadi va ular Chempionlar ligasiga e'tibor qaratgan. Bu bahs taqdiri Myunxendagi javob uchrashuvida hal bo'ladi" - deydi italiyalik mutaxassis.

Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi bahs 23 fevral kuni, ikkinchisi esa 16 martda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal