Anchelotti: "Xavi qanday o'yinni ko'rishni xohlayotganini aniq biladi. U bilan jamoa yuksaladi"

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2022, 23:28
12 yanvar kuni bizni "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi doirasidagi qarama-qarishilik kutmoqda.

Ushbu o'yindan oldin "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bir necha savollarga javob berdi.

– Xavining qo'l ostidagi "Barselona" sizga yoqyaptimi?

– Albatta menga yoqyapti. Sababi, Xavi qanday o'yinni ko'rishni xohlayotganini aniq biladi. Xavida "Barselona"ning shaxsiyati bor. U bilan jamoa faqat yuksaladi.

– 17 ochkolik farq jamoalar darajasidagi tafovutni aks ettiradimi?

–  O'yin 0:0 hisobidan boshlanadi. Hisob boshida teng bo'ladi. O'yin "Kamp Nou"da bo'lganida ham, "Barselona"da Xavi bo'lmagan paytda ham shunday edi, -deydi Karlo Anchelotti. 

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Real Madrid" o'rtasidagi o'yin 12 yanvar kuni 23:59 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: As