Anchelotti: "Uchta bekor qilingan gol – juda ko'p"

Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2022, 09:34
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Elche"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"Gol ursang-u, hisob o'zgarmasa... Bizda ofsayd sabab uchta gol bekor qilindi – bu ko'p. Ammo bu sodir bo'ldi. 

Jamoa yaxshi o'ynadi, ayniqsa hujumda ishlarimiz yurishdi. Rodrigo va Benzema ko'p harakat qildi, bo'sh zonalarni band qilib, raqib uchun muammolar yaratishdi. 

Ushbu mavsumda Valverdening gollariga ishonch bildirganmiz. U mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi lozim. U ajoyib formada va qanotda ideal o'ynamoqda. U fantastik futbolchi", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca