Anchelotti "Real"dan ketgach, Italiyaga qaytishi mumkin...

Omonjon To`xtamirzayev
10 apr 2025, 18:12
Kundan-kunga Karlo Anchelotti "Real"dan ketish ehtimoli oshib bormoqda

"SportMediaset"ning xabariga ko'ra, Madriddagilar Anchelottidan YCHL joriy mavsumida ham ijobiy natija kutishayotgan - qoniqarsiz natija qayd etilgan taqdirda murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatiladi.

Futbol olamida Anchelottining ketishi haqidagi mish-mishlar tobora ortib bormoqda. Italiyalik faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan ehtimoliy manzillar ichida Braziliya termasi tilga olinmoqda, ammo hozircha bu borada aniq ma'lumotlar mavjud emas. Bunday holatda "Roma" yoki "Milan"ga qaytish variantlari birinchi planga chiqmoqda.

Ayniqsa, "Milan" bu borada favorit deyilmoqda. Sababi Anchelottining murabbiylik faoliyatidagi eng yorqin sahifalardan bazilari shu klub bilan bog'liq. Fonseka bilan xayrlashgach, klub hamon stabil o'yin ko'rsata olmayapti. Bunday variantda Anchelotti ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishi qiyin bo'lsada, ichki hissiyotlar uni Milan shahriga boshlashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: SportMediaset