Anchelotti “Real Madrid”ning La Ligadagi asosiy raqibini aytdi

Nozimov Nig'monxo'ja
18 dek 2023, 07:33
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining La Ligadagi asosiy raqibi kim ekanligini aytdi.

“Ayni vaqtda “Jirona” chempionlik uchun asosiy raqibimiz. Mavsum uzun va hali uzoq davom etadi. Ko'ramiz mavsum yakunida qanday holat ro'y beradi. Shuningdek “Atletiko M” va “Barselona”ni ham esdan chiqarish kerak emas”,-dedi Karlo Anchelotti.

Ayni damda “Real Madrid” turnir jadvalini 42 ta ochko bilan birinchi o'rnida ketmoqda. “Jirona”ning hisobida esa 41 ta ochko bor. Biroq “Jirona” madridliklarga nisbatdan bitta o'yin kam o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com