

Italiyalik mutaxassis PSJda posbon bilan birga ishlagan. Ma'lumotlarga ko'ra, murabbiy fransiyalik futbolchi bilan shaxsan uchrashgan va unga 4 yillik shartnoma taklif qilgan.
Areola 2017/18 mavsumda barcha turnirlarda 44ta uchrashuvda maydonga tushdi va 35ta gol o'tkazib yubordi. Bu bahslarning 22tasida posbon darvozasini quruq saqlab qolgan.
Oldinroq, PSJ Janluiji Buffon bilan shartnoma tuzish niyatida ekanligi e'lon qilingan edi.

