Anchelotti o'z jamoasida Beylni ko'rmoqchi

Alisher
5 may 2021, 07:16
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti rahbariyatdan "Real" vingeri Garet Beyl bilan shartnoma imzolashni so'radi.

Beyl ayni damda ijara asosida "Tottenxem"da o'ynamoqda. Uelslik futbolchi mavsum so'nggida Madridga qaytadi. 

Futbolchi faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi, ammo "qirollik klubi" unga ishonch bildirmayapti.

31 yoshli vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito