Anchelotti Mourinyuning "Yuventus" muxlislariga ko'rsatgan harakati haqida: "Uni tushunaman"

Aslanov Jasurbek
10 noya 2018, 13:40
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Yuventus" - "Manchester Yunayted" o'rtasidagi uchrashuvdan (1:2) so'ng, mehmonlar ustozi Joze Mourinyuning muxlislarga ko'rsatgan harakati haqida fikr bildirdi.

O'yin yakunlanganini bildiruvchi xushtakdan so'ng, portugaliyalik mutaxassis maydonga chiqdi va qo'lini qulog'iga qo'yib, "Yuventus" muxlislariga murojaat qildi. Mourinyu shu yo'l bilan ishqibozlar haqoratlariga javob berdi.

"Futbolda har bir ishimiz uchun javob beramiz. Biroq 90 daqiqa davomida haqorat eshitish hech kimga yoqmaydi. Mourinyuning qarorini tushunaman. Uning harakati qo'pollik deb o'ylamayman. Italiya madaniyatida haqorat jiddiy muammo hisoblanadi. Gap faqat "Yuventus" muxlislari haqida ketmayapti. Bunaqasi Neapol va Milanda ham ro'y bergan" - deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia