Anchelotti: "Meni Mourinyo va Ronaldoning munosabatlari qiziqtirmaydi"

19 sen 2014, 22:04
Karlo Anchelotti uni Joze Mourinyo va Ronaldoning o'zaro munosabatlari qiziqtirmasligini aytib o'tdi.
Mourinyo Ronaldo bilan 2013 yilning yozidan buyon gaplashmayotganini aytib o'tgandi.

"Ularni orasida nima bo'lganini bilmayman. Bu ularning shaxsiy ishi. Meni bu narsalar umuman qiziqtirmaydi. "Real" esa bu voqeaga aloqador emas.
Mourinyo ajoyib murabbiy. Joze har qanday jamoani, har qanday joyda boshqara oladi", -  deydi Karlo Anchelotti.

Manba: soccer.ru