Anchelotti Mbappening La Ligadagi omadsiz starti haqida gapirdi

Administrator
28 avg 2024, 22:35
Murabbiyni bu hozircha xavotirga solmayapti.

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaga yangi qo'shilgan Kilian Mbappening gol ura olmayotgani haqida gapirdi.

– Mbappe hali ham moslashish jarayonini boshdan o'tkazyaptimi?

- Ha, rivojlanyapti ham. Kilian o'z ustida ishlamoqda, jarayon yaxshi ketmoqda. Adaptaciya jarayoni ham ijobiy bo'lmoqda.

– Kilian Mbappening La Ligada gol ura olmayotganidan xavotirdamisiz?

– U oxirgi marta 14 avgust kuni gol urdi. Bor yo'g'i ikki hafta o'tdi. Xavotirga umuman o'rin yo'q. Kilian gol urishni istamoqda, bu aniq. U albatta gol uradi.


Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe ushbu mavsum boshida erkin agent sifatida "Real" tarkibiga kelib qo'shilgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: AS