Ana xolos! "Roma" va "Tottenxem" sobiq hujumchisi 11 yildan so'ng faoliyatini tiklashga qaror qildi

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2024, 19:39
"Roma", "Tottenxem" va Misr terma jamoasi sobiq hujumchisi Mido 41 yoshida futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqchi.

U 2013 yilning yozida futbolchilik faoliyatini tugatganini e'lon qilgandi. Shundan so'ng u Misr klublarida murabbiy bo'lib ishladi, Saudiya Arabistoni jamoasini boshqardi.

Mutaxassis Qohira telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi:

"Sayohatim hali tugamadi. Men Misr Premer-ligasida o'ynashga qaytishni o'ylayapman. Agar qaytsam, kamida 10 ta gol urish bo'yicha garov bog'lashim mumkin. Hozir u yerda yaxshi hujumchilar yo'q va bu meni qaytishga ruhlantirmoqda.

Tez orada Misr klublaridan biriga qo'shilib, ular bilan mashg'ulot o'taman. 60 foiz tayyorman. Men futbolni tark etmagandim, shunchaki o'n yillik tanaffus olgandim", – dedi Mido.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun