⚡️ Ana xolos! PSJ Kilian Mbappe tufayli evrokuboklardan chetlatilishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
20 avg 2024, 17:34
Kilian Mbappe PSJdan shartnoma bo'yicha oxirgi uch oylik maoshi - 55 mln evroni to'lashni talab qilmoqda.

"Le Monde"ning xabariga ko'ra, shu yoz PSJdan "Real"ga o'tgan forvard Parij klubidan soliqlar bilan qo'shib hisoblaganda 55 mln evro talab qilmoqda. Bu summaga shartnoma imzolagani uchun bonus (36 mln evro) hamda futbolchining klubdagi oxirgi 3 oylik maoshi kiradi.

Ma'lum bo'lishicha, Mbappe Professional futbol ligasi (LFP)ning yuridik komissiyasiga murojaat qilgan hamda Fransiya futbol Federatsiyasi vositachiligi asosida UEFAga shikoyat qilgan.

Agarda PSJga nisbatan qo'yilayotgan ayblar asosli deb topilsa, klub sankciyalarga duch kelishi mumkin. Jumladan, transferlarga cheklov va UEFA licenziyasidan mahrum bo'lishgacha. Sababi licenziya berilishining asosiy shartlaridan biri klubda qarzdorlik bo'lmasligi hisoblanadi.

Avvalroq, "qirollik klubi"ning boshqa bir a'zosi Millatlar Ligasida qatnashishi haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Le Monde