Ana xolos! Gvardiola Messiga "Barselona"da qolishni maslahat berdi (Catalunya Ràdio)

Alisher
1 sen 2020, 16:56
"Barselona" forvardi Lionel Messining "Manchester Siti"ga o'tishi amalga oshmasligi mumkin.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola argentinalik futbolchi bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Mutaxassis Messi "Barselona"da qolishi va u yerda faoliyatini yakunlashi yaxshiroq ekanligini aytgan. Bu haqda Mundo Deportivo Catalunya Ràdio'ga tayanib xabar bermoqda.

Oldinroq "Man Siti" agar Messiga pul to'lanishi to'g'ri kelsa, u bilan shartnoma imzolamasligi haqida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo