

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Gregg Berxalter matbuot anjumanida bugun O'zbekiston bilan o'ynaydigan futbolchilar nomini ma'lum qildi.
Mahalliy jurnalistlardan biri mutaxassisga "bu O'zbekistonga nisbatan hurmatsizlik emasmi?" degan savolni berdi. Berxalter esa "o'rtoqlik o'yinlari uchun asosiy tarkibni ertaroq e'lon qilish men uchun muammo emas va bu tarkib o'zimga yoqadi", deya javob qaytardi.
O'zbekistonga qarshi o'ynaydigan AQSH tarkibi

Eslatib o'tamiz, AQSH – O'zbekiston uchrashuvi bugun tungi 2:30 da boshlanadi.



