

Kecha musobaqaning ilk yarim finalida AQSH Argentinaga 0:4 hisobida yutqazib qo'ygandi. Bugungi yarim finalda Chili terma jamoasi Kolumbiyadan ustun keldi - 2:0. Shunday qilib Amerika kubogi finalida Argentina va Chili terma jamoalari to'qnash kelishadi. Bu o'yin 27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:00da boshlanadi. Bir kun xuddi shu vaqtda AQSH va Kolumbiya uchinchi o'rin uchun o'yinda maydonga tushishadi.
Amerika kubogi
1/2 final
Kolumbiya – Chili 0:2
23 iyun, Soldir Fild
Gollar: 0:1 – 7 Arangis, 0:2 – 11 Fuensalida.
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Fabra (Peres, 73), Aryas, Murilo, Sanches, Torres, Xames, Kuadrado (Bakka, 80), Kardona (Moreno, 46), Martines.
Chili – Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Vargas (Gonsales, 88), Arangis, Fuensalida (Puch, 75), Ernandes (Pulgar, 30), Sanches, Medel, Silva.
Ogohlantirishlar: Bravo (39), Sanches (41), Sanches (45), Bosejur (65), Puch (78), Silva (85), Bakka (89), Xames (90).
Chetlatish: Sanches (57).



