CHILI - AMERIKA KUBOGI-2016 SOHIBI!

27 iyun 2016, 07:53
Amerika Kubogi final o'yinida Argentina hamda Chili terma jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishdi.

Hal qiluvchi final uchrashuvida Chili terma jamoasi Argentinani penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag'lub etdi. O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmagandi.  

Shu tariqa, Chili terma jamoasi o'z unvonini himoya qildi. O'tgan yili ham chililik futbolchilar bosh mukofotni qo'lga kiritishgan edi.


AMERIKA KUBOGI-2016.

FINAL.

Argentina – Chili 0:0 (penaltilar seriyasi - 2:4)

New Meadowlands Stadium, East Rutherford

Argentina
– Romero, Otamendi, Roxo, Merkado, Funes Mori, Maskerano, Bigliya, Banega (Lamela, 111), Di Mariya (Kranevitter, 57), Messi, Iguain (Aguero, 70).

Chili
– Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Vargas (Kastilo, 109), Vidal, Fuensalida (Puch, 80), Arangis, Sanches (Silva, 104), Medel, Dias.

Ogohlantirishlar
: Dias (16), Maskerano (37), Vidal (37), Messi (40), Bosejur (52), Arangis (69), Kranevitter (94).

Chetlatishlar
: Dias (28), Roxo (43).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia