

Chili tyerma jamoasi finalda Argentinani penaltilar syeriyasida mag'lub etib ketma-ket ikkinchi marta Amyerika kubogini qo'lga kiritdi. Final o'yinidan so'ng tashkilotchilar eng yaxshilarni taqdirlashdi.
Unga ko'ra "feyr pley" sovrini Argentinaga nasib etdi. Musobaqada 6ta gol urgan chililik Eduardo Vargas "Oltin butsa" sohibiga aylandi. Chili tyerma jamoasi posboni Klaudio Bravo esa "Oltin qo'lqop"ga ega bo'ldi.
Amyerika kubogining eng yaxshi futbolchisi sifatida Aleksis Sanches tan olindi va unga musobaqaning "Oltin to'p"i taqdim etildi.







