

Futbolchi kutilgandan ertaroq safga qaytishi taxmin qilinmoqda. Fabricio Romanoning yozishicha, u taxminan may oyida jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlashi mumkin.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Amad Dialloning jarohati haqida xabar berarkan, u mavsum oxirigacha jamoaga yordam berolmasligini ma'lum qilgandi.
22 yoshli o'yinchi fevral oyidagi mashg'ulotda to'pig'ining bog'lamlarini shikastlab olgan.



