Alves: "Agar Messi faoliyatini "Barselona"da yakunlasa ajoyib bo'lardi"

Оқил Абдубарноев
19 yanv 2022, 21:43
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Dani Alves Lionel Messining "ko'k-anorranglilar" lageriga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Braziliyalik futbolchining fikricha, bu Leo uchun ajoyib sovg'a bo'lardi.

"Agar u faoliyatini "Barselona"da yakunlasa, juda soz bo'lardi. O'ylaymanki, bu Messi uchun o'zgacha sovg'a bo'lardi", - deydi Alves.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilning yozida Messi erkin agent sifatida "Barselona"ni tark etib, PSJga o'tgandi. Argentinalik futbolchi yangi klubi safida Liga 1'da 11 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Avvalroq Messining mavsum oxirida Parijni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN