Allegri: "Ronaldu bu yil juda ko'p o'yinlarda maydonga tushdi"

17 mar 2019, 15:15
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bugungi o'yin "Jenoa"ga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ronaldu bu yil juda ko'p o'yinlarda mayddonga tushdi. Biz bir-birimiz bilan uchrashdik. U mening fikrimni qo'llab-quvvatladi.

Kuadrado davolanish jarayonini boshidan o'tkazmoqda. Matias De Shilo seshanba kuni safga qaytadi. "Atletiko"ga qarshi bahsda Mario Manjukich o'zining jismoniy ustunligi bilan bizga katta yordam berdi. Ajoyib o'yin o'tkazdik va u juda ko'p aziyat chekdi. Bugun Dibala safga qaytadi, Perin ham asosiy tarkibda o'ynashi mumkin", - deydi italiyalik mutaxassis. 

"Jenoa" va "Yuventus" o'rtasidagi A Seriyaning 28-tur o'yini Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/juventusfcen