Allegri: “Principial raqib ustidan qozonilgan g'alaba uchun yigitlarga rahmat”

29 okt 2017, 01:21
“Yuventus” ustozi Massimiliano Allegri “Milan” ustidan qozonilgan g'alabadan keyin uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Jamoamni olqishlamoqchiman. “San Siro”da o'ynash oson emas, “Milan” esa tarixiy va azaliy raqib. Biz yaxshi o'yin o'tkazdik va endi YCHL doirasida “Sporting”ga qarshi bahsga hozirlik ko'ramiz.
Manjukich va Asamoa Susoga “nafas olish” imkonini berishmadi. U “Milan”ning  hal qiluvchi futbolchisi, maqsadimiz uni zararsizlantirish edi. Iguain ajoyib formada, ammo u yanada o'yinini kuchaytirishi lozim. U o'ziga ko'proq ishonishi lozim, chunki Gonsalo yuqori potencialga ega. U o'ziga bo'lgan talabni oshirishi kerak”, deya fikrlari bilan o'rtoqlashdi Allegri.


O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia