Allegri nima sababdan 2018 yilda "Real" bosh murabbiyi bo'lmaganini aytdi

Alisher
7 iyul 2020, 17:16
"Yuventus" sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2018 yilda "Real"ga taklif etilgan.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

"Ikki yil oldin "Real" men bilan aloqaga chiqib, bosh murabbiylik lavozimini taklif etgan, ammo suhbatlar ishgacha yetib bormagan, chunki mening "Yuventus" bilan shartnomam bor edi. 

Qolaversa, o'zimni klub va muxlislar oldida javobgardek his qildim", - deydi mutaxassis.

Allegri Turin klubini 2014-2019 yillar davomida boshqargan. "Yuventus" uning qo'l ostida 5 karra Italiya chempioni, 4 karra mamlakat Kubogi va ikki bor Superkubokni qo'lga kiritgan.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif