Allegri: "Yevropa ligasiga tushib ketganimiz - bu yerda oson g'alaba qozonamiz degani emas"

Aziz Tukhtamuradov
24 fev 2023, 08:19
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Nant"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinimizdan mamnunman. Bahs oson o'tmadi. Fransiyalik muxlislar jamoani qattiq qo'llab-quvvatladilar. 

Biz yaxshi o'ynadik va Palluaning chetlatilishi orqali ustunlikdan foydalandik. Biz pas tezligini oshirishimiz lozim. 

Chempionlar boshqalardan farq qilishadi, ularga barchasi oson. Di Mariya kabi futbolchilar jamoaning umumiy darajasini oshirishadi. U boshqalar ko'rmayotgan narsani ko'ra oladi. Turli toifadagi futbolchilar bor va u ham chempionlar toifasiga kiradi. 

Ushbu mavsumni ijobiy deya olaman. Biz Pogba, Di Mariya, Vlaxovich, Bonuchchi va Kuadradosiz o'ynadik. Biroq, bir qator yosh futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. Aks holda bunday imkon ularda bo'lmasdi. Endi barcha qaytmoqda. 

Chempionlar ligasidan Yevropa ligasiga tushib ketganimiz - bu yerda oson g'alaba qozona olamiz degani emas. Ushbu musobaqada hurmat bilan yondoshishimiz kerak. Maqsadimiz - bu yerda ham oxirigacha borish, huddi Italiya kubogidagidek", - dedi Allegri. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia