
"Markizio jarohatidan forig' bo'lib bormoqda. Agarda ertaga maydonga tushmagan taqdirda ham, keyingi hafta u o'ynay oladi. Bu albatta quvonchli xabar. Tevesni maydonga tushish-tushmasligi aniq emas. Agarda u o'zida charchoqni his etmasa o'ynatamiz. Ogbonna balki asosiy tarkibda tushishi mumkin. Chunki so'nggi paytlarda ushbu himoyachi kam maydonga tushdi. "Empoli" so'nggi o'yinlarda yaxshi harakat qila boshlagan. Ular bilan bo'ladigan o'yinda ehtiyotkor bo'lishimiz lozim. Biz bilan har bir jamoa finalga o'ynagandek harakat qiladi. Bizning diqqat e'tiborimiz "Empoli"ga qarshi uchrashuvga qaratilgan", - deydi Allegri.