Allegri: “5:1 hisobida yutganimizda yaxshiroq bo'lardi”

Eldor Akmurzayev
3 noya 2021, 08:45
Chempionlar Ligasi 4-turida “Yuventus” o'z maydonida “Zenit”ni 4:2 natijasi bilan taslim etdi va muddatidan oldin 1/8 finalga yo'l oldi.

“Gol o'tkazib yuborganimizda biga koncentraciya yetishmadi. Bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi. O'yindan qoniqdim, hammasi pozitiv o'tdi. Guruh bosqichi tugashiga 2 tur qolganida keyingi bosqichga yo'l oldik.

Oxirgi besh daqiqa – bu biz yaxshilashimiz lozim bo'lgan jihat. Bu kabi o'yinlarning so'nggi besh daqiqaligida “Yuventus” o'zini ko'rsatishi kerak. Qarshi hujumlarimiz bor edi, ammo gol o'tkazib yuborishimiz ehtimoli bordek tuyuldi. Bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak, uchrashuvni 5:1 hisobida yakunlasak yaxshiroq bo'lardi.

Yigitlarga xotirjamlikka berilish mumkinmasligini aytgandim. Ular meni tushunmagan bo'lsa kerak. Bu ustida ishlashimiz zarur”, deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru