Alkantara: "Kichik mo'jizalar uchun o'ynayapmiz"

Mirjalol Normatov
9 may 2021, 18:35
"Liverpul" yarim himoyachisi Tyago Alkantara APL doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"O'z imkoniyatimiz uchun kurashishimiz kerak. Gol urish - ajoyib hissiyot, ammo eng asosiysi - uch ochko. Biz shunday kichik mo'jizalar uchun o'ynayapmiz. Ushbu mavsumda juda ko'p ochko yo'qotdik. Lekin imkoniyatlarimiz yo'q emas. Darcha hali yopilmagan", - dedi Alkantara.

Ayni damda "Liverpul" YCHLga yo'llanma beruvchi pog'onadan 6 ochko ortda qolmoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 13 may kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal