

Jumladan, Alisher Nikimbaev Oliy ligada qatnashayotgan klublarning soni emas, sifati muhim ekanini takidlar ekan, O'zbekiston Futbol Federatsiyasining Oliy liga formatini o'zgartirish va klublarni licenziyalash bo'yicha talablar kuchaytirgani mana shu sifatni taminlashga xizmat qilishini ta'kidlab o'tdi.
“Men OFKda ikki yil davomida licenziyalash masalalari bilan shug'llanganman. Licenziyalash jarayoni futbolni rivojlantirish uchun eng asosiy instrument. Federatsiyamiz rahbariyati mana shu instrumentdan foydalanayotgani meni xursand qilmoqda. Avvallari licenziyalash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratilmagan. Masalan, “Obod”, “Sho'rtan” kabi klublar licenziyalash talablariga javob bermaydi. Lekin ularga Oliy ligada ishtirok etishga ruxsat berilgandi. Licenziyalashda asoiy tamoyillardan biri klublarning o'z futbol maktabi, mashg'ulot maydonlari bo'lishi hisoblanadi. Lekin biz yaxshi bilamizki, “Obod” klubining o'z futbol maktabi yo'q.
Agar klublarni licenziyalash bo'yicha saralaydigan bo'lsak, balki Oliy liga talabiga javob beradigan klublar 12tadan ham kam qolar. Nima bo'lgan taqdirda ham, Oliy ligada talabga javob beradigan futbol klublari ishtirok etishi kerak”, deydi Alisher Nikimbaev.
Oliy ligada talabga javob beradigan futbol klublari ishtirok etishi kerak.
Bundan tashqari, futbol mutaxassisi Oliy liga klublaridagi murabbiylar masalasiga ham e'tibor qaratish kerakligi ta'kidlab o'tdi. Hozirda milliy chempionatimizdagi klublarning yarmidan ko'prog'ida yosh murabbiylar faoliyat yuritayotgani, ushbu murabbiylarning malakasini oshirish uchun Malayziya, BAA, Rossiya kabi davlatlarda o'quv seminarlari tashkil qilish zarurligini ham qo'shimcha qildi.
“Birlashgan Arab Amirliklarida yaqin uch yil ichida 3ta katta musobaqa – Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatlari va Osiyo Kubogi musobaqalari bo'lib o'tadi. Bizdagi murabbiylar, futbol mutaxassislari mana shunday katta musobaqalarga borib ish o'rganishlari zarur. U yerda tashkilotchilik masalalari, musobaqalarni o'tkazish, OAV bilan ishlash va boshqa jihatlarni o'z ko'zlari bilan ko'rib, tajriba to'plab kelishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi”, - deydi Alisher Nikimbaev.

Birlashgan Arab Amirliklarida yaqin uch yil ichida 3ta katta musobaqa – Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatlari va Osiyo Kubogi musobaqalari bo'lib o'tadi. Bizdagi murabbiylar, futbol mutaxassislari mana shunday katta musobaqalarga borib ish o'rganishlari zarur. U yerda tashkilotchilik masalalari, musobaqalarni o'tkazish, OAV bilan ishlash va boshqa jihatlarni o'z ko'zlari bilan ko'rib, tajriba to'plab kelishsa, maqsadga muvofiq bo'lardi.



