Ali Aliev Qozog'iston terma jamoasidagi sharmandalikdan so'ng iste'foga chiqdi

Sherzod Nurmatov
8 sen 2025, 15:11
Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliev JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Belgiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:6) iste'foga chiqishini e'lon qildi.

Bu haqda sports.kz xabar berdi. 

"Bo'lgan hamma narsa... Mag'lubiyatga men aybdorman. Buning uchun to'liq javobgarlikni o'z zimmamga olaman. Men iste'fo bo'yicha ariza yozaman va qaytganimizdan so'ng darhol prezidentga xabar beraman", – dedi Aliev o'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Qozog'iston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining 5 o'yinida bor-yo'g'i 3 ochko to'plashga muvaffaq bo'lgandi. Ali Aliev boshchiligidagi jamoa Belgiyadan tashqari Uels (1:3, 0:1) va Shimoliy Makedoniyaga (0:1) ham mag'lub bo'ldi va guruhning asosiy autsayderi – Lixtenshteyn termasi (2:0) bilan o'yinda yagona g'alabasiga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sports.kz