Alfonso Devis yuragi bilan bog'liq muammoga duch keldi

Sherzod Nurmatov
14 yanv 2022, 21:50
"Bavariya" chap qanot himoyachisi Alfonso Devis miokardit (yurak mushagi yallig'lanishi) tashxisi qo'yilgan.

"Devisda koronavirus bilan kasallanganidan keyin engil miokardit belgilari bor. Bu qo'rqinchli emas, lekin u bir necha hafta maydonga tusha olmaydi, chunki tuzalishi uchun vaqt kerak", – dedi mxnxenliklar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann.

21 yoshli Devis joriy mavsumda "Bavariya" safida 23 o'yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, 6 yanvar kuni kanadalik futbolchining koronavirusga chalingani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca