Aleyks Vidal qishda "Barselona"ni tark etmoqchi

Aslanov Jasurbek
29 dek 2016
"Barselona" himoyachisi Aleyks Vidal yakuniy qaror qabul qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi qishki transfer oynasida klubini o'zgartirishga urinib ko'radi. Vidalning fikricha, Kataloniya klubida u o'yin amaliyotiga ega bo'lmaydi.

Vidal 2015 yilning yozida "Sevilya"dan "Barselona"ga o'tgan edi. O'shanda u uchun 18 mln. evro to'lashgan.

Joriy mavsumda Vidal LaLiganing bitta uchrashuvida maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo