Aleksis Sanchesga 5 ta klub davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
7 okt 2021
Milanning "Inter" klubi hujumchisi Aleksis Sanchesga 5 ta klub qiziqmoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchiga "Marsel", "Sevilya", "Betis", "Valensiya" va "Rayo Valekano" tomonidan qiziqish bor. 

Klublar uchun forvardning maoshi katta muammo bo'lishi mumkin. U yiliga 7 million evro oladi va bu summa kamayishiga rozi bo'lmaydi.

32 yoshli Sanches joriy mavsumda "Inter" uchun barcha musobaqalarda 4 o'yinda 1 ta golli pas uzatdi. Uning klub bilan kelishuvi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport