Aleksis Sanches "Manchester Yunayted" futbolchisi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018, 13:03
"Arsenal" hujumchisi Aleksis Sanchesning "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylangani tez orada e'lon qilinadi.

Chililikning "qizil iblislar" safiga o'tishi ko'pchilik uchun biroz cho'zilib ketgandek tuyulmoqda. Kecha Sanches Karringtondagi MYUning mashg'ulot bazasiga tashrif buyurdi.

Bugun esa futbolchi "Manchester Yunayted" futbolkasida o'zini suratga olayotgani aks etgan rasm ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Suratga e'tibor bersak, futbolchi MYUning uy stadioni "Old Trafford"da selfi tushmoqda. Demak, "qizil iblislar" ushbu transfer haqida tez orada e'lon qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia