Aleksey Evstafeev: "Xatolar tajribasizlik va mahorat yetishmasligidan kelib chiqadi"

Оқил Абдубарноев
28 may 2024, 23:18
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Do'stlik" - "Sho'rtan" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin bo'yicha qayerdadir yutqazdik yoki ustun keldik. Mag'lubiyatga uchradikmi, demak qayerdadir yaxshi ish olib bormadik. O'yin natijasiga ta’sir o'tkazadigan xatolar bo'ldi. "Sho'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz esa navbatdagi bahslarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz. 

Xatolar tajribasizlik va mahorat yetishmasligidan kelib chiqadi. Shuningdek, diqqatni ham yo'qotdik. "Sho'rtan" ham bizni o'rgangani ko'rinib turibdi. 

Jamshid Qobulov va Timur Usmonovga kelsak, hozir biror narsa deyish qiyin. Ularning tajribasi bor. Jamoamizga foyda keltirishiga ishonaman",- dedi Aleksey Evstafeev.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia