Aleksandr Xomyakov: Yozgi yig'inni qanday o'tkazganimizni ikkinchi davra o'yinlari ko'rsatib beradi

Khoja
26 iyul 2024, 09:21
Andijonning Paxtakorga qarshi uchrashuvidan keyin Andijon bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov yakuniga etgan yig'in borasida quyidagicha fikr bildirdi.

- Aleksandr Andreevich, mana jamoaning yozgi yig'ini ham yakunlandi. Hammasi siz o'ylagandek kechdimi?

- Yig'inimizdagi oxirgi o'yinimizni o'tkazdik. Reja bo'yicha yig'inni qay tariqa o'tkazganimizni ikkinchi davra o'yinlari ko'rsatib beradi. Afsuski, selekciya ishlarimiz ko'ngildagidek kechmayapti. Yana ayrim poziciyalarni ko'chaytirishimiz kerak. Lekin hozircha buni iloji bo'lmayapti. Hali biroz vaqt bor. Balki amalga oshib qolar, agar imkonini qilolmasak, shu holatda ham o'z kuchimizga e'tibor qaratamiz.

- Sherzod Esanov Rossiyaning Akron klubiga transfer qilindi. Uning u yerdagi imkoniyatini qanday baholaysiz va futbolchining ketishi Andijon uchun jiddiy yo'qotishmi?

- Bu o'yinchining potencialidan kelib chiqib, yo'qotdikmi-yo'qmi, kelgusi o'yinlarimiz ko'rsatib beradi. Hozirdan taxmin bildira olmayman. Uning kelgusi faoliyatiga omad tilayman. Mening qarashimcha, asosiy tarkibni aniqlab olish oson bo'lmayapti. Lekin men hozirgi yigitlarga ishonaman, ular ishonchni oqlashadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: andijanfc.uz