Aleksandr Xomyakov: "G'alaba qozondik, lekin futbol 90 daqiqa davom etadi"

Narzulla Saydullayev
3 avg 2014, 22:26
"Mashal" - "So'g'diyona" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun g'alaba qozondik, ammo yana oldingi xatolarni takrorlayapmiz. Hisobda oldinda borib turib yigitlarim o'yinni tashlab yuborishmoqda. Ikkinchi bo'limda faqat raqib hujum qildi. Futbol 90 daqiqa davom etishini shogirdlarim unutib qo'yishdi shekilli. Buxoroda ham deyarli shunday bo'lgandi. Bugun ham shunday bo'lmoqda".

"Jamoa nega Yangiyerdagi bazada mashg'ulot o'tkazadi? Sababi murabbiy sifatida menga u yerdagi sharoitlar yoqadi. Futbolchilar uchun barcha narsa muhayo qilingan".

"Ikkinchi davra oldidan safimizni Salamat Quttiboev, Otabek Narzullaev tark etishdi. Yangilar orasida faqat Shaymanov ijaradan qaytdi. Kamerunlik futbolchi ko'rikda bo'ldi. Afsuski tibbiy ko'rikdan o'ta olmadi, shu bois yurtiga qaytib ketdi. Bunday legioner bizga foyda keltirardi, u kuchli futbolchi edi", - deydi Aleksandr Xomyakov. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia