Aleksandr Petrov: "Ardus"ga qarshi bahslar qiyin o'tdi"

Aslanov Jasurbek
25 apr 2017, 16:10
O'zbekiston chempioniga aylangan "Olmaliq" futzal klubi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov "Ardus"ga qarshi kechgan final uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.

"Ardus"ga qarshi bahslar qiyin o'tdi. Yigitlar o'zini-o'zi ruhan yaxshi tayyorlashdi. Mavsum boshida ularga mag'lub bo'lgan edik. Ularda terma jamoada o'ynaydigan va da'vogar futbolchilar ko'p. Mahorat va tayyorgarlik tufayli g'alabaga erishdik. Uchrashuv muxlislarga yoqqanidan xursandman.

Ilk turda nega "Ardus"ga mag'lub bo'ldik? Mavsum boshida jamoa ancha yosh edi. Buning ustida bizning o'yinchilar jahon chempionatidan endi qaytishgandi. Mag'lubiyat sabablari shu bo'lsa kerak" - deydi Aleksandr Petrov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia