Futzal. AGMK jamoasi a'zolariga planshet va pul mukofoti berildi

25 avg 2019, 10:24
O'zbekiston chempionatining 7-tur 6-kuni doirasidagi AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvidan oldin klubimiz rahbariyati Aleksandr Petrov boshchiligidagi futzal jamoamizning qita chempionatidagi tarixiy natijasi uchun sovg'alar bilan taqdirladi.

Klub tarixida yangi sahifa ochib, Osiyo chempionatida to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoamiz a'zolarining har biriga rahbariyat tomonidan planshet hamda umumiy jamg'armasi 200 million bo'lgan pul mukofoti taqdim etildi. Sovg'alarni klub bosh direktori Muxtor Qurbonov topshirdi.

Taqdirlash marosimi avvalida so'zga chiqqan AGMK PFK bosh direktori Muxtor Qurbonov jamoamiz namoyish etgan o'yin va natijadan ko'ngil to'lgani va mazkur musobaqa yosh futzalchilarga katta maktab bo'lganini ta'kidlab, kelgusida musobaqaning yanada oliy o'rinlari uchun kurashish kerakligini qo'shimcha qildi. 

Qayd etish kerakki, Osiyo chempionatidan qaytib kelgan futzalchilarimiz ichki chempionat o'yinlariga kirishishdi va tur doirasida avvaliga "Navbahor"ga 8ta to'p, "Bunyodkor"ga esa 13ta gol urishni uddasidan chiqishdi va turnir jadvalida yakka hokimlikni o'rnatishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: АГМК матбуот хизмати