Aleksandr Krestinin: "Finalga munosiblar chiqadi"

Og'abek Samisov
25 mar 2022, 21:24
"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

"O'zbekiston terma jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Qiziqarli o'yin bo'ldi. Ikkinchi taymda o'yinimiz chiqmadi, ikki xil taym guvohiga aylandik", - dedi Aleksandr Krestinin. 

- Bugun ikkinchi taymda shogirdlaringiz jismoniy tomonlama biroz erkinlikka berilishdi...

- To'g'ri aytdingiz, ammo ular erkinlikka berilishmadi, shunchaki kuchlari etmay qoldi. 

- 29 mart kuni Tojikistonga qarshi o'ynaysizlar. Iyun oyida ham Osiyo Kubogi saralashida ham Tojikiston bilan bir guruhdasizlar. Shundan kelib chiqib ularga qarshi qandaydir yopiq o'yin bo'ladimi yoki qandaydir sirlarni yashirasizmi? 

- Yo'q. Iyun oyida kimlar maydonga tushishini bilasizmi? Men bilmayman, futbolchilarning holati turlicha bo'ladi. To'g'ri raqib bitta, ammo rasmiy o'yingacha 2,5 oy vaqt bor.

- Finalda Uganda va O'zbekiston to'qnash keladi. Kimning imkoniyatni yuqoriroq baholaysiz? 

- Finalga munosiblar chiqadi. O'zbekiston terma jamoasini o'rganib chiqqanman, ammo Uganda haqida ma'lumotga ega emasman. Ammo finalga chiqdimi demak kuchli bo'lsa kerak.

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia