Aleksandr Geynrix: "Gol urganim o'zgacha ahamiyatga ega"

7 sen 2014, 22:05
"Lokomotiv" hujumchisi Aleksandr Geynrix "Ordabasi"ga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'rtoqlik o'yinida bahslashdik. "Ordabasi" bilan o'ynash har doim yoqimli. "Aktobe" safida harakat qilganimda bu jamoaga qarshi o'yinlar o'zgacha bo'lardi. Bu yerdagi bolalar bilan ko'rishganimdan, o'ynaganimizdan xursandman. To'g'risi, bugun gol urishim o'zgacha ahamiyatga ega. "Lokomotiv" tarkibida ko'plab yoshlar o'ynashdi, shu bois o'yinimiz unchalik qovushmadi.

Manba: fcordabasy.kz