Alba: "Valensiya"ni Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqani bilan tabriklayman"
Aslanov Jasurbek
26 avg 2015, 12:12
2007 yildan 2012 yilgacha "Valensiya" safida to'p tepgan "Barselona" himoyachisi Xord Alba sobiq klubini Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqani bilan tabrikladi.
"Ko'r shapalak"lar ikki o'yin natijasiga ko'ra "Monako"ni 4:3 hisobida mag'lub etdi.
"Valensiya"ni va uning barcha muxlislarini Chempionlar ligasi bilan tabriklayman. Ular bunga munosib" - deydi Alba.