Alba: "Asosiy raqobatchini mag'lub etish shart edi"

Mirjalol Normatov
5 dek 2021, 13:57
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba LaLiganing 16-turi doirasida "Betis"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda ajoyib o'yin ko'rsatdik. Raqiblar yaxshi o'ynadi, pressing qildi. Ammo golga tortadigan vaziyatlar faqatgina bizda bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa biz yaxshi o'ynab turgan paytimizda ular gol urib ketdi. "Betis" - bizning asosiy raqobatchimiz. Ularni mag'lub etishimiz shart edi. Ishlashda davom etish kerak.

Oldinda bizni YCHLda juda muhim bahs kutib turibdi. Umid qilamanki, navbatdagi bosqichga o'ta olamiz.

"Barselona" o'z maydonida g'alabaga erishishi shart. Biroq biz unday qila olmayapmiz. Safarda muvaffaqiyat qozonish uchun esa ko'proq kuch sarflash kerak bo'ladi. Umid qilamanki, asta-sekinlik bilan holatni yaxshilab boramiz. Yangi bosh murabbiyning g'oyalarini tushunib boryapmiz.

Mag'lubiyat - ortga qadam. Buni yaxshilash uchun esa ko'proq mehnat qilish kerak bo'ladi", - dedi Alba.




O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal