Alan Brandi: "Menga to'purarlikdan ko'ra jahon chempionligi muhimroq"

Оқил Абдубарноев
4 okt 2024, 14:41
Futzal bo'yicha jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan Fransiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:2) Argentina terma jamoasi a'zosi Alan Brandi saytimizga intervyu berdi.

"Fransiyaga qarshi qiyin o'yin guvohiga aylandik. Bu normal holat. Chunki yarim finalda oson o'yin kutish imkonsio'. Finalga chiqqanimizdan xursandman. 

Menda to'purar bo'lish uchun imkoniyat bor, lekin men ko'proq kubokni boshim uzra yuqori ko'tarish haqida o'ylayapman. Jahon chempionligi to'purarligimdan muhimroq.

Biz ham ikki yil avval futbolchilarimiz Osiyoda qo'lga kiritgan jahon chempionligini takrorlashni istaymiz. 

Argentina - Braziliya qarama-qarshiligi har bir muxlis tomosha qilishni istaydigan o'yin hisoblanadi. Bizga oson bo'lmaydi, sababi Braziliya individual jihatdan dunyoning eng yaxshi jamoasi, lekin biz qanday o'yin namoyish etish kerakligini bilamiz va finalda g'alaba qozonishimizga ishonamiz", dedi Brandi.


Eslatib o'tamiz, 6 oktyabr kuni Argentiga jahon chempionati finalida Braziliya bilan to'qnash keladi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia