Alaba “Bavariya”da qoladigan bo'ldi

19 iyun 2020, 08:54
David Myunxen klubidan kyetmaydi.

“Bavariya” klubi jamoa himoyachisi David Alaba bilan yangi shartnoma tuzadi. Myunxen klubi futbolchini 2024 yil yoziga qadar jamoada olib qolish harakatini ko'rmoqda. Futbolchining agenti Pini Zaxavi va klub direktorlar kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan.

Qayd etish joiz, avstriyalik futbolchining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etardi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/NicolaSchira