"Al-Jayish" bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2014, 12:46
Muxlislarga ma'lumki, Qarshining "Nasaf" jamoasi OCHL-2014 pley-off uchrashuvida Qatarning "Al-Jayish" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Avval xabar berib o'tganimizdek ushbu jamoaning keyingi paytlarda umuman omadi chopmayapti, ular ketma-ket o'z maydonlarida 2 marta, umuman esa 4 marta mag'lubiyatga uchradi. QYULning turnir jadvalining 2-pog'onasini band etib turgan jamoa 3-pog'onaga tushib qoldi. Albatta bu holat arab futbolida kechirilmaydi.

Kecha yani 15 yanvar kechki payt "Al-Jayish" sport klubi rahbariyati tomonidan ruminiyalik mutaxasis Razvan Luchesku iste'foga chiqarilgani haqida rasmiy xabar berildi. Bu iste'fo 14 yanvar kuni "Laxviya" jamoasiga qarshi o'yinda jamoa 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchragandan so'ng oradan 24 soat vaqt o'tib ro'y berdi.

Jamoaga mavsum so'ngigacha mahalliy mutaxasis Adam Yusuf murabbiylik qiladigan bo'ldi. Shuningdek rahbariyat tomonidan ruminiyalik mutaxasisga klubda ko'rsatgan faoliyati uchun tashakkur ham bildirilgan.

Adam Yusuf jamoani kelayotgan shanba yani18 yanvar kuni bo'ladigan QYUL 16-turi "Umm Salal"ga qarshi maydonga olib tushadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz