"Al Sadd" - Qatarning 16 karra chempioni!

Mirjalol Normatov
22 fev 2022, 00:35
"Al Sadd" mamlakat chempionatining 19-turi doirasida "Al Ahli" maydonida 8:2 hisobida g'alabaga erishib, mamlakatning 16 karra chempioniga aylandi.

Mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganda "Al Sadd" hisobida 52 ochko bor. Ularni taqib qilib kelgan "Al Duhayl" esa 18 o'yinda 39 ochko jamlagan.

Shu orqali "Al Sadd" ketma-ket uchinchi marta chempionlikni qo'lga kiritdi. Ushbu klub Qatarda eng ko'p chempion bo'lgan klub hisoblanadi. Boshqa biror klubda xatto 8tadan oshiq chempionlik sovrini yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia